
Flik Shensnining ustunligi nimada ekanligini aytdi
Xans-Diter Flik Voytsex Shensnini ajoyib darvozabon deb ta’rifladi.
- Shensni - fantastik darajada. "Benfika"ga qarshi o‘yinda "Barsa" o‘n bir kishiga qarshi o‘n kishi bo‘lib himoyalanganda, Voytsex bizga katta yordam ko‘rsatdi. Bu uning vazifasi, buni yashirishning hojati yo‘q.
U o‘z ishini juda yaxshi bajaradi va aynan shu sababli u hozirda birinchi raqamli darvozabon, - dedi "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, polshalik posbon jamoa darvozasini qo‘riqlagan bahslarda "Barselona" hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.
Fikrlar