Flik "Sevilya"ni kuchli jamoa ekanligini ta’kidladi

  • 4 oktabr, 17:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik “Sevilya”ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa holati, raqib va Lamin Yamalning sog‘ligi haqida gapirdi.

Tecno

“Sevilya” kuchli jamoa. Ularning o‘yin uslubi va himoyadagi harakatlari maydondagi o‘yinimizni qiyinlashtiradi. Ertangi uchrashuv biz uchun muhim. Bu og‘ir bellashuv bo‘ladi, ammo biz g‘alaba qozonishimiz kerak. Vaziyatga qarab to‘g‘ri harakat qilishimiz lozim. Agar bizda yaxshi taktika bo‘lsa va pressingni jamoaviy amalga oshirsak, muvaffaqiyatga erishamiz. Bu jarayonni har kungi mashg‘ulotlarda sinab ko‘ryapmiz.”

“Lamin kechagiga nisbatan yaxshiroq, ammo hali sport formasiga to‘liq qaytmagan. Agar futbolchi yaxshi holatda bo‘lmasa, u maydonga chiqmaydi. Yamalning darajasini hamma biladi, ammo mening vazifam — u to‘liq tiklanganidan keyin unga zarur o‘yin vaqti berish. Formada bo‘lgan har bir futbolchining terma jamoaga chaqirilishi tabiiy hol.”

“ FIFA kunlaridan keyin ko‘p voqealar sodir bo‘ldi, ammo odamlar men o‘z futbolchilarimni himoya qilishim kerakligini tushunishlari lozim. Biz federatsiya bilan hamkorlikda klub va terma jamoa o‘rtasida ikki tomonlama muloqotni yo‘lga qo‘yishimiz zarur”, — dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!