Flik: "Raqib g‘alabaga loyiq edi"

  • 20 sentabr, 2024, 09:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasida "Monako"dan qabul qilib olingan (2:1) mag‘lubiyat haqida gapirdi:

Tecno

- Bizda etarlicha imkoniyatlar bo‘ldi, biroq, raqib munosib tarzda g‘alaba qozondi. Biz bor kuchimizni sarflab, jamoa uchun kurashishimiz kerak.  "Monako" yaxshi o‘ynadi. Bu tabiiy, jamoada juda tezkor futbolchilar bor. Biz himoyalanishga harakat qildik, ammo hisob 2:1 bo‘ldi va raqib bunga loyiq edi, - deya o‘z fikrini bildirdi jamoa ustozi.

Ma’lumot o‘rnida, "blaugrana" jamoasi Chempionlarligasi doirasida keyingi bahsni 1 oktyabr kuni "Yang Boyz"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!