Flik Pedri haqida: "U juda muhim futbolchi"
"Barselona" La Liganing 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Real Sosedad"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mazkur to‘qnashuvdan so‘ng Pedrining o‘yiniga yuqori baho berdi:
"Pedri – maxsus futbolchi. Uning liderlik sifati kun sayin ortib bormoqda. U juda muhim va ajoyib futbolchi. Maydonga tushganda har erda bordek ko‘rinadi. Bizga to‘p nazoratini beradi va qaerda bo‘lishi kerakligini yaxshi biladi. Juda kuchli futbolchi. Frenki de Yong bilan birga jamoa o‘yinini a’lo darajada tashkillashtirishadi. Men bu lahzalardan zavq olyapman", – dedi "Bavariya"ning sobiq mutaxassisi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" Chempionlar ligasining 2-turida Frantsiyaning PSJ klubi bilan to‘qnash keladi. Ushbu bellashuv esa 1 oktyabr kuni soat 00:00’da start oladi.



Fikrlar