
Flik o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida favorit ma’lum
Xabaringiz bor, Xans Diter Flik Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Ayni paytda nemislarni Rudi Vyoller, Xannes Vulf va Sandro Vagner vaqtinchalik bosharib turibdi. Rahbariyat esa yangi murabbiy topishga shoshilayotgani yo‘q. Ammo variantlar ko‘payib bormoqda.
"BILD" nashri xabar berishicha, Flik o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida Yullian Nagelsmann favorit bo‘lib turibdi.
36 yoshli murabbiyni "Bavariya" o‘z lavozimidan ozod qilganidan beri ishsiz yuribdi. U Angliyaning bir qator top klublari va PSJ bilan muzokaralar o‘tkazib, kelishuvga erishmagan.
Fikrlar