
Flik Olmoni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayotgani haqida gapirdi
Xans-Diter Flik klubning Dani Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.
"Menda doim umid bor. Oxirgi o‘yin oldidan ham uning ro‘yxatdan o‘tishiga umid qilaman. Ertangi o‘yinda uni tarkibda ko‘rsak juda yaxshi bo‘lardi.
Shunday narsalar borki, ular na futbolchiga, na jamoaga bog‘liq emas. Men klubga ishonaman va umid qilamanki, Olmoni ertangi o‘yinga qadar ro‘yxatdan o‘tkazamiz.
Ochig‘i, har qanday futbolchi ham o‘ynay olmasa, baxtsiz bo‘ladi. Men 100% ishonchim komilki, agar u ro‘yxatdan o‘tkazilsa, ertaga albatta o‘ynaydi", - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.
Fikrlar