Flik mag‘lubiyatga sababchi futbolchini “razbor”ga chaqirdi

  • 26 noyabr, 07:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi beshinchi turida “Barselona” Londonda “Chelsi” mehmoni bo‘lib, kutilmaganda yirik – 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Kataloniyaliklar mag‘lubiyatiga himoyachilarning muvaffaqiyatsiz o‘yini sabab bo‘ldi. Dastlab, Jyul Kunde o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Birinchi bo‘limning o‘zida Ronald Arauxo ikkita sariq kartochka oldi va maydonni tark etdi.

Bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan “aristokratlar” bahsning ikkinchi yarmida raqib darvozasiga yana ikkita to‘p kiritishni uddaladi.

Uchrashuvdan keyin kataloniyaliklarning germaniyalik murabbiyi Xans-Diter Flik antiqahramonga aylangan Ronald Arauxo haqida gapirdi.

- Birinchi sariq ko‘rsatilgan vaziyatga baho berolmayman. Bu vaziyatni takroran ko‘rib chiqishim va Ronald bilan muhokama qilib olishim kerak.

Ikkinchi vaziyatda himoyachimiz bunaqa o‘ynamasligi kerak edi. O‘sha vaziyat bunaqa echimni talab etadigan holat emasdi, - dedi Xans-Diter Flik.

Jamoa sardori Ronald Arauxo 32-daqiqada bosh hakam Slavko Vinchich bilan tortishgani uchun ogohlantirildi. 44-daqiqada esa, “Chelsi” futbolchisi Mark Kukurelyaga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynagani uchun ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!