
Flik Levandovskini yomon ko‘rib qoldi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa to‘purari Robert Levandovskiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi.
Jurnalist Serdji Kapdevilaning ma’lum qilishicha, endi Flik 36 yoshli polshalik hujumchi uchun asosiy tarkibdan joy kafolatmaydigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Levandovski birorta uchrashuvda talab tarajasida o‘ynay olmasa, darrov zaxiraga olinadi. Bundan tashqari, Xansi Flik uni keyingi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritmasligi ham mumkin.
Xans-Diter Flik so‘nggi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin tarkibda joyi kafolatlangan birorta o‘yinchi yo‘qligini bildirdi.
Robert Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar