Flik: "Levandovski yana ishonch bilan o‘ynayapti"

  • 10 noyabr, 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovskining shartnomasi va uning so‘nggi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Hozircha uning kelajagi haqida gapirishga erta. Hamma uning vaziyatini yaxshi biladi. Men boshqa, ijobiyroq Robertni ko‘rdim. U jarohatdan kutilgandan ancha ertaroq qaytdi. Bu uning ishonchi uchun yaxshi, bu esa biz uchun muhim.

U bugun uchta gol urdi. Shuningdek, o‘tgan mavsumda ham jamoa uchun juda muhim futbolchi bo‘lgan", — deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski kecha "Selta"ga qarshi uchrashuvda (4:2) xet-trik qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!