Flik: "Lamin daho futbolchi"

  • 1 may, 14:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvida “Inter” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. 17 yoshli vinger Lamin Yamal 24-daqiqada gol urdi. Uning ushbu o‘yinini jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik esa ajoyib baholadi.

Tecno

“U o‘ziga xos. Men buni avval ham aytganman, u – geniy.

Tashqaridan qarab turib, ba’zi narsalarni ko‘rasiz, lekin videoni qayta ko‘rganda u amalga oshirayotgan ishlarning ajoyib jihatlari namoyon bo‘ladi. U bugun biz undan kutgan va undan talab qilgan narsalarni ko‘rsatdi.

U katta o‘yinlarda ham o‘zini ko‘rsatmoqda va menimcha, u bu vaziyatdan bahramand bo‘lmoqda. Agar Simone Indzagi aytganidek, bunday iste’dod har 50 yilda bir kelsa, men shunday futbolchi “Barselona”da ekanidan haqiqatan xursandman" – dedi "blaugrana" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!