
Flik Jahon chempionati qahramonini "Bavariya"ga qaytarmoqchi
Hozirda erkin agent maqomini olgan Mario Gyottsega xaridor topildi. Bu haqida "Bild" nashri xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot berilishicha, germaniyalik futbolchini klubga qaytarish fikri amaldagi bosh murabbiy Xans-Diter Flik tomonidan ilgari surilgan. Biroq jamoadagi mutasaddilar, xususan, boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge hamda sport direktori Xasan Salixamidjich Gyottseni Myunxenga qaytarishga qarshi chiqmoqda.
28 yoshli futbolchi 2013-16 yillar oralig‘ida myunxenliklar sharafini himoya qilgan va klub safida 73 o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar