
Flik ikki muhim futbolchining asosiy tarkibga qaytishini tasdiqladi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletiko"ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Matbuot anjumani davomida bosh murabbiy jamoaning ikki muhim futbolchisining ma’lum bir tanaffusdan so‘ng tarkibga qaytayotganini tasdiqladi.
- Rafinya va Pau Kubarsi yana safimizga qaytdi va "Atletiko"ga qarshi o‘yinga tayyor holatda, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Flik Rafinyaga FIFA kunlaridan so‘ng bo‘lib o‘tgan "Osasuna" va "Jirona"ga qarshi bahslarda dam berdi. Kubarsi esa "Jirona"ga qarshi bahsning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan edi.
Fikrlar