Flik Germaniya terma jamoasini tark etmaydi

  • 21 iyun, 2023, 18:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik terma jamoa bosh murabbiyligidan ketmoqchi emas.

Tecno

Mening futbol g‘oyalarim terma jamoaga mos keladi. Men eng yaxshi nemis futbolchilari bilan ishlashga qodirman, bu menga yoqadi. Sentyabrda biz yanada muvaffaqiyatli o‘ynashga harakat qilamiz", - deya Flikning so‘zlarini keltiradi "Bayern & Germany".

Germaniya bu yil beshta uchrashuvda uchta mag‘lubiyatga uchradi. Avvalroq Flik shogirdlari uchrashuvda Kolumbiya (0:2), Belgiya (2:3) va Polsha (0:1)ga mag‘lub bo‘lgan, shuningdek, Ukraina bilan durang o‘ynagan (3:3) va Peruni mag‘lub etgan (2:0).

Eslatib o‘tamiz, Flikning shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!