Flik "Elche"ga qarshi o‘yindan so‘ng futbolchilarini maqtadi

  • 3 noyabr, 14:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik La Liganing 11-turida "Elche"ga qarshi 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

Tecno

"Jamoamdan juda mamnunman. Intensivlik va bosim menga yoqdi. Shu bilan birga, "Elche" ham yaxshi o‘ynadi. Biz oldingi uchrashuvlarga nisbatan yaxshiroq harakat qildik. Butun jamoa sifatida pressing qo‘lladik, to‘pni yaxshi nazorat qila oldik, deb hisoblayman. Bugungi ishimizdan mamnunman. Ilk gollarimiz aynan shunday bosim natijasida yuzaga keldi. Bu esa menga yoqdi.

Eng muhimi — g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritish. Menga o‘yin uslubi yoqadigan klubga qarshi yaxshi pressing qildik, yuqori intensivlikda o‘ynadik. Yana gol urish imkoniyatlarimiz bo‘ldi, raqibda ham shunday vaziyatlar bor edi. Agar har ikki jamoa o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanganida, hisob 6:2 yoki 5:2 bo‘lardi", — dedi Flik.

Lamin Yamal haqida

"Uning jarohati doimiy nazoratda bo‘lishi kerak. Yamal juda intizomli yigit. U mashg‘ulotlar va muolajalarni bajarib boryapti. Lekin aytish mumkinki, jarohat hali butunlay o‘tib ketgani yo‘q: ba’zan qaytadi, ba’zan yo‘qoladi. Bu bilan qanday kurashishni o‘rganish zarur", — dedi kataloniyaliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!