
Flik: "Biz ajoyib o‘ynagan bo‘lsak ham himoyani yaxshilashimiz kerak"
Chempionlar ligasining birinchi yarim final o‘yinida "Barselona" va "Inter" 3:3 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan so‘ng "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z fikrlarini bildirdi:
"Bizning to‘p bilan o‘yinimiz ajoyib edi. Biz Chempionlar ligasidagi yarim finalda ajoyib stilni ko‘rsatdik.
"Inter" standart vaziyatlarda kuchli jamoa. Bu yuqori futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Shu sabab, biz himoyani yaxshilash kerak. Hozirgi vaziyat "Atletiko"ga qarshi o‘yindan oldingi vaziyatga o‘xshash. Bu finaldan oldingi final.
Men o‘yinchilarga hech narsa aytmadim. Ular dam olishlari kerak. Biz stilda o‘ynadik va g‘alaba qozonishga harakat qildik. Lamin Yamal muhim rol o‘ynadi – u birinchi golni urdi va o‘zini ko‘rsatdi" – deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar