
Flik "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasining navbatdagi turi doirasida "Bavariya" bilan o‘yindan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz har bir uchrashuvga raqibni o‘rgangan holda tayyorgarlik ko‘ramiz. "Bavariya" mening hayotimda alohida o‘rin tutadi. Ajoyib klub, u erda men ko‘plab futbolchilar va rahbariyat bilan yaxshi munosabatlarga egaman.
Biroq, yangi bob boshlanmoqda, hayajondaman va juda xursandman. "Barselona"da ekanligimdan juda xursandman. Muxlislar bizni ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlamoqda va bu bizni borimizni berishga majbur qiladi. Albatta, qiyin o‘yin bo‘ladi. Bu Chempionlar Ligasi, bu erda eng yaxshi jamoalargina o‘ynaydi, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" klubi Chempionlar ligasi doirasida ikki bahs o‘tkazdi. Birinchi o‘yinda jamoa Monakoga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ikkinchi turda "Yang Boyz" yirik hisobda mag‘lub etildi.
Fikrlar