Flik: "Barselona" Chempionlar ligasi uchun kurashadi"

  • 3 oktabr, 11:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa Chempionlar ligasi yo‘lida oxirigacha harakat qilishini ta’kidladi.

Tecno

"Men hayotimdagi eng yaxshi yilni o‘tkazdim. Rostini aytsam, bu oson bo‘lmadi, ammo o‘tgan mavsumda chempionlikni nishonlab avtobusda "Barselona" ko‘chalari bo‘ylab yurganimiz — ajoyib lahza edi. Hozir ham shu orzu qilingan sovrinlarni qo‘lga kiritishni istayman, ammo bu oson emas. Biz buni qilamiz, bor kuchimizni ishga solamiz. Agar shunday bo‘lsa, juda baxtiyor bo‘laman.

"Bavariya"da eng yodda qolgan kun — Chempionlar ligasini qo‘lga kiritganimiz edi. Bu juda ta’sirli voqea bo‘lgan. "Barselona"da ham hamma shuni xohlaydi va biz bu uchun kurashamiz. Bu oson bo‘lmaydi, ammo va’da beraman: biz oxirigacha kurashamiz", — dedi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!