Flik “Barsa”ga ikkita superhimoyachi tanladi

  • 21 noyabr, 10:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining himoya chizig‘ining qanotlarini ikki nafar kuchli ijrochi Danijl Mnos va Alexandro Grimaldo bilan kuchaytirishni mo‘ljallayapti.

Tecno

Kataloniya klubi skautlari bir necha oydan beri Alexandro Grimaldoning “Bayer” safidagi o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.  Ispaniyalik futbolchining tez-tez hujumga o‘tishi va aniq paslar bera olish qobiliyati uni Evropadagi eng samarali qanot himoyachilaridan biriga aylantirdi.

Bundan tashqari, Grimaldoning shartnomasidagi tovon puli — 15 dan 20 million evrogacha ekani futbolchini “Barsa” qo‘ldan chiqarishni istamaydigan qiziqarli bozor imkoniyatiga aylantiradi. Narxlar shiddat bilan o‘sib borayotgan sharoitda tajribali o‘yinchini maqbul narxda topish — strategik ustunlikdir.

“Barselona”, shuningdek, Angliya Premer-ligasining eng barqaror qanot himoyachilaridan biri Daniel Munosni sotib olish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Kolumbiyalik legioner “Kristal Pelas”ning asosiy o‘yinchisi. U jismoniy kuchi, shiddatli hujumkorligi va hujumga o‘tishda to‘pni nazorat qilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Uning profili o‘ng qanotda hujumkor uslub va maydonning yakuniy qismida ishtirok etish qobiliyatiga ega himoyachini qidirayotgan Flikning qarashlariga mos keladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!