Flik “Barsa” ishongan futbolchini “brak”ga chiqardi

  • 27 may, 2024, 10:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik tarkibgadoir ayrim qarorlarni o‘zgartirdi.

Tecno

Xususan, avvalgi murabbiylar shtabi braziliyalik Vitor Rokega ishonch bildirmasdan, hujumkor futbolchi pozitsiyasini Ferran Torresga topshirgandi.

 Todofichajes saytining yozishicha, Flik bu printsipni o‘zgartirdi. Manbaga ko‘ra, Ferran Torres germaniyalik murabbiy talablariga javob bermas ekan.

Shu bois, Flik klub rahbariyatini Vitor Rokeni yozda transferga qo‘yish fikridan qaytardi. Tajribali mutaxassis braziliyalik iste’dod egasini kelasi mavsumdan boshlab, asosiy tarkibda o‘ynatishi ma’lum qilgan.

Endi Ferran Torres o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi. Flik uning imkoniyatlariga tayanmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!