Flik: “Barsa” bilan shartnoma tuzishni istamayman!

  • 11 aprel, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik qo‘l ostida Ispaniya chempionatining peshqadamiga aylandi. Jamoa namoyish qilayotgan o‘yin muxlislarga ham, mutaxassislarga ham manzur bo‘lmoqda.

Bun inobatga olgan klub rahbariyati Xans-Diter Flik bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokaralarga kirishgan edi.

Biroq Flikning bu boradagi pozitsiyasi kutilmagan bo‘lib chiqdi.

- Men uch yillik shartnomalarni imzolashni istamayman. Erkin bo‘lishni xohlayman. Men dunyoda eng zo‘r hisoblangan klubda ishlayapman.

Yana bir yil shu erda faoliyat yuritaman va nimalar bo‘lishini keyin o‘ylab ko‘ramiz. Agar hammamiz bir-birimizdan mamnun bo‘lsak, hamkorlikni davom ettiramiz, - dedi Xans-Diter Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!