Flik ashaddiy raqib “Real”ga Xabi Alonso kelganiga munosabat bildirdi
“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik Bundesligada ishlagan Xabi Alonsoning ashaddiy raqib – “Real”ga bosh murabbiy etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.
- Xabi Alonsoni Madridga kelishi hayratlanarli narsa emas. Men uni yaxshi bilaman. U bilan gaplashdim ham.
Men Xabi Alonsoning o‘yin falsafasini yaxshi bilaman, hammamiz uning Germaniyada erishgan muvaffaqiyatlarini ko‘rdik.
Uning “Bayer”dagi mavqei yuqori edi. Alonso ko‘p o‘yinchilarning darajasini ko‘tara oldi. Bu erga kelgani menga juda yoqdi, - dedi Xans-Diter Flik.
“Real” klubi rasmiy safti orqali Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanganini va ispaniyalik mutaxassis bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Xabi Alonso 1 iyundan ish boshlaydi. 15 kundan keyin esa, uning boshqaruvidagi jamoa AQShda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga kirishadi.



Fikrlar