Flik: "Gvardiola eng yaxshi murabbiy"
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Chelsi” ustozi Entso Mareskaning aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi. Avvalroq Mareska Xosep Gvardiola davridagi kataloniyaliklari o‘yinini yoqtirishini aytgan edi.
“Gvardiola davridagi "Barsa"ning o‘yin uslubini ko‘rganimizda, barchamiz bu jamoaga oshiq bo‘lganmiz. Xosep ko‘plab murabbiylarga mashg‘ulot jarayoni yoki futbol falsafasini yaratishda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdi. Uni nusxalashning iloji yo‘q. Gvardiola — eng yaxshi murabbiy. Mareskaning gapida jon bor", - dedi Flik.
Ma’lumot uchun, bugun “ko‘k-anorranglilar" Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 5-turi doirasida safarda “aristrokrtalar”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00'da boshlanadi.



Fikrlar