"Fiorentina" futbolchisi yangi mavsumni APLda boshlashi mumkin

  • 10 mart, 2019, 15:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Federiko Keza faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

The Sun nashrining xabar berishicha 21 yoshli italiyalik futbolchi “Tottenxem” klubining yozgi transferlardagi asosiy nishoniga aylangan. Uning transfer narxi 50 mln evroni tashkil etadi. Ammo, “binafgaranglilar” rahbariyati ushbu futbolchini kamida 70 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Keza uchun shuningdek "Yuventus", "Milan", "Napoli", "Inter" va PSJ klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!