"Fiorentina" Balotelli bilan shartnoma imzolashga tayyor, faqat...

  • 13 iyul, 2019, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Mario Balotelli yana A Seriyaga qaytishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha "Fiorentina" 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor. Biroq, “binafsharanglilar” buning uchun Balotelli maosh bo‘yicha qo‘yayotgan talabini o‘zgartirishini xohlashmoqda.

Ma’lumot uchun, Balotellining so‘nggi jamoasi “Marsel” klubi bo‘lgan edi. U marselliklar safida o‘tgan mavsum 15ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Balotelli faoliyati davomida "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul" va "Nitstsa" kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!