Finalga oz qoldi

BEPUL PROPAN

Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan M15 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin juftlik bahslarida chorak finalga chiqdi.

Tennischimiz juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandem hosil qilib, ilk bosqichda niderlandiyalik Pepeyn Bastiansen va Mes Rottgeringni 1:6, 6:2, 10:3 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, chorak finalga chiqqan Sergey va Daniil yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda chexiyalik Martin Krumich va shveytsariyalik Jeffri fon der Shulenburg dueti bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.  

Shuningdek, Sergey Fomin Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida ham o‘z omadini sinab ko‘rmoqda. Sportchimiz ilk davrada ispaniyalik Iker Sevilla bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!