Final oldidan "Real"ning muhim futbolchisi safga qaytdi

  • 25 aprel, 16:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya kubogi finalida Eduardo Kamavinga o‘rniga Ferlan Mendi o‘ynaydi.

So‘nggi mashg‘ulotlarda himoyachi Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvida olgan jarohatidan tuzalgani ma’lum bo‘ldi. "Marca" nashrining ma’lum qilishicha Karlo Anchelotti Mendini shanba kungi o‘yin uchun asosiy tarkibga kiritishi mumkin.

Dastlab qanot himoyachisi pozitsiyasida Kamavinga o‘ynashi rejalashtirilgan edi. Biroq, frantsuz futbolchi son jarohatlanishi tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, bosh murabbiy bunday uchrashuvlarda Mendining tajribasiga tayanishni afzal ko‘rmoqda va uni Fran Garsiya o‘rniga tanlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!