
Filipp Lam: "U eng zo‘ri"
"Bavariya" sobiq himoyachisi Filipp Lam Manuel Noyerning 40 yoshigacha futbol o‘ynash istagiga izoh berdi.
"Men ishonamanki, Manu shunday qiladi. U ajoyib yigit va jahon darajasidagi darvozabon. Ehtimol, eng zo‘ridir. Noyer odatda har doim yaxshi formada bo‘ladi.
U ba’zida maydonda aqldan ozdiradigan ishlarni amalga oshiradi. Shu sababli, men bunga aminman", - dedi Lam.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli darvozabon ushbu mavsum myunxenliklar safida umumiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar