Filipe Luis: Neymar faoliyatini "Barselona"da yakunlashini xohlayman
"Atletiko" Madridning sobiq himoyachisi Filipe Luis PSJdagi hamyurti Neymarning yana "Barselona"ga qaytishiga umid qilmoqda.
“Men Neymar faoliyatini “Barselona”da yakunlashini xohlayman. U bu erda judayam xursand bo‘ladi. U Messi bilan birga o‘ynab rohatlanishini istayman. Neymar “Barselona”ga qaytsa, bu butun Braziliya futboli uchun yaxshi bo‘ladi”, - deydi tajribali himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar “Barselona” safida 2014-2017 yillarda to‘p surdi va shundan so‘ng 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tdi.



Fikrlar