
FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning amaldagi rahbarini tanqid qildi
FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning hozirgi rahbari Janni Infantinoning olib borayotgan ishlariga tanqidiy munosabatda bo‘ldi.
"Janni Infantino futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi. 48 ta milliy terma jamoalar ishtirokidagi jahon chempionati, 24 ta jamoadan iborat klublar o‘rtasidagi yirik jahon chempionati, ayollar o‘rtasida jahon chempionatidagi ishtirokchilar sonining 24 tadan 32 taga ko‘payishi. Bunday qilish kerak emas, buni hazm qilish juda qiyin.
U faqat davlat rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi ", dedi Blatter Keystone-ATSga bergan intervyusida.
Fikrlar