FIFA'da rekord natija! Ushbu yozda jami nechta transfer amalga oshdi?

  • 3 sentabr, 2024, 20:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

FIFA 2024 yilgi yozgi transferlar oynasida rekord qayd etilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, amalga oshirilgan transferlar borasida rekord yangilangan. 

Erkaklar futbolida 2024 yilda 6,4 mlrd dollar pul sarflangan. Biroq bu borada rekord o‘tgan yili o‘rnatilgan (7,43 mlrd dollar). Narx borasida eng katta ulush ingliz klublari hisobiga to‘g‘ri keladi (1,6 mlrd dollar). 

Ayollar futbolida 2024 yilda jami 1125 ta transfer amalga oshgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan 30 foiz ko‘p degani. Jami miqdor ushbu yozda 6,8 mln dollarni tashkil qilmoqda. 

Aynan rekordning o‘zi amalga oshirilgan transferlar bo‘yicha bo‘lgan. Ushbu yozgi transferlar oynasida umumiy miqdorda 11 mingga yaqin futbolchilar sotuvi va ijarasi amalga oshgan. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!