FIFA reytingida MDH davlatlarining egallagan o‘rinlari bilan tanishing

  • 21 noyabr, 16:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA tomonidan terma jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi.

Tecno

Unga ko‘ra, Ispaniya peshqadamlikni saqlab qolgan. Argentina va Frantsiya terma jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa avvalgi o‘rnidan 5 pog‘ona ko‘tarilib, 50-o‘rindan joy oldi. Shuningdek, Fabio Kannavaro shogirdlari Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinda bormoqda. Quyida esa MDH davlatlarining reytingdagi o‘rni bilan tanishib chiqing. Ushbu ro‘yxatda vakillarimiz 3-o‘rinni band etgan.

1. Ukraina FIFA reytingida — 28-o‘rin
2. Rossiya FIFA reytingida — 33-o‘rin
3. O‘zbekiston FIFA reytingida — 50-o‘rin
4. Gruziya FIFA reytingida — 93-o‘rin
5. Belarus FIFA reytingida — 99-o‘rin
6. Tojikiston FIFA reytingida — 101-o‘rin
7. Qirg‘iziston FIFA reytingida — 104-o‘rin
8. Armeniya FIFA reytingida — 106-o‘rin
9. Qozog‘iston FIFA reytingida — 115-o‘rin
10. Ozarbayjon FIFA reytingida — 127-o‘rin
11. Estoniya FIFA reytingida — 130-o‘rin
12. Turkmaniston FIFA reytingida — 137-o‘rin
13. Latviya FIFA reytingida — 140-o‘rin
14. Litva FIFA reytingida — 146-o‘rin
15. Moldova FIFA reytingida — 158-o‘rin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
21/11/2025 21:04
Койил,1 уринга хам чикамиз худо хохласа.Оз колди.М Т Ж мизга омад.Галабалар бардавом булсин