FIFA: Nimchorak finalni O‘zbekiston boshlab beradi! (1/8 finallar ro‘yxati)
Qatar mezbonlik qilayotgan 17 yoshgcha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 32 ta terma jamoa plef-offning dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.
1/16 finalda g‘olib chiqqan terma jamoalar bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi. Quvonarli tomoni, ular orasida Osiyoning amaldagi chempioni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ham bor.
Islom Ismoilov shogirdlari murakkab o‘tgan o‘yinda Evropaning eng kuchli jamoalaridan hisoblangan Xorvatiyani musobaqadan chiqarib yubordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar mahorat ko‘rsatdi – 4:3.
Jahon chempionati tashkilotchisi bo‘lgan Xalqaro futbol assotsiatsiyalari uyushmasi – FIFA rasmiy sayti orqali nimchorak finallar haqida yakuniy ma’lumotlarni berdi.
17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida jahon chempionatida saralangan 16 ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurashni daom ettiradi. Pley-offning birinchi bosqichi bir necha ajoyib o‘yinlarni taqim etdi. Oldinda esa, bizlarni yanada qizg‘in uchrashuvlar kutib turibdi.
Quyida 1/8 final juftliklari bilan tanishib olishingiz mumkin. Barcha uchrashuvlar 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, - deb yozdi FIFA tashkiloti matbuot xizmati fifa.com saytida.
Nimchorak final o‘yinlarini ikki qit’a – Evropa hamda Osiyo chempionlari – Italiya va O‘zbekiston terma jamoalari boshlab beradi. Bu uchrashuv 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.
1/8 finalning barcha juftliklari bilan tanishing:
Italiya – O‘zbekiston , 17:30, Maydon 8 (Mahmud Sufi)
Uganda – Burkina-Faso , 17:30, Maydon 5 (Xolid Ballan)
Meksika – Portugaliya , 18:00, Maydon 3 (Badr Bilol)
Braziliya – Frantsiya , 18:30, Maydon 2 (Ibrohim Xalfan)
Shveytsariya – Irlandiya , 19:45, Maydon (Muhammad G‘anim)
Koreya Demokratk Respublikasi — Yaponiya , 20:15, Maydon 4 (Xolid Salmon)
Avstriya — Angliya , 20:45, Maydon 9 (Odil Mallala)
Marokash — Mali , 20:45, Maydon 7 (Mansur Muftax).
Bo‘lajak uchrashuvda O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz. Zero, terma jamoamiz futbolchilari ham Qatar maydonidan bosh sovrin bilan qaytishni maqsad qilgan.
Rustamjonov qahramon! O‘zbekistonning qiyin g‘alabasi qanday baholandi?



Fikrlar
уганда кучсиз, буркинафасо билан тушиш мумкин. уртоклик учрашувида уйналган жамоа