FIFA muxlislarga murojaat qildi: 2026 yilgi Jahon chempionatiga 200 kun qoldi!

  • 24 noyabr, 14:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatiga 200 kun qolgani munosabati bilan bayonot berdi.

Tecno

“Bu tarixdagi eng yirik va eng keng qamrovli Jahon chempionati bo‘lib, 48 ta jamoa hamda millionlab muxlislarni Kanada, Meksika va AQSh bo‘ylab birlashtiradi. Turnir 2026 yil 11 iyun kuni Meksiko shahridagi ochilish o‘yini bilan boshlanadi va 19-iyul kuni Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadigan final bilan yakunlanadi.

Unutilmas futbol bayramiga tayyor turing!”,- deyiladi FIFA rasmiy sahifasida.

Ma’lumot uchun, 5 dekabr kuni musobaqaning gurh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!