FIFA jahon chempionati uchun Osiyoga "6+2" miqdorida kvota ajratdi

  • 28 dekabr, 2020, 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
Avstraliya va Yangi Zelandiya mezbonlik qiladigan ayollar futbolidagi eng yirik musobaqa "JCh-2023" uchun Osiyo qit’asiga 6+2 miqdoridagi kvota ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

OFKga a’zo mamlakatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6 ta yo‘llanma taqdim etiladi. Biroq Avstraliya musobaqa mezboni bo‘lganligi sababli ushbu kvotalar soni bittaga kamayadi. Osiyodan 2 ta jamoa pley-off turnirida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"JCh-2020" kvotalari qit’alar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
 
Osiyo - 6+2
 
Afrika - 4+2
 
Shimoliy Amerika - 4+2
 
Janubiy Amerika - 3+2
 
Okeaniya - 1+1
 
Evropa - 11+1

Pley-off turniriga yo‘l olgan 10 ta jamoa 3 ta guruhga bo‘lingan holda jahon chempionatining so‘nggi 3 ta yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Mazkur bahslar ham Avstraliya va Yangi Zelandiya stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi FIFA tomonidan e’lon qilingan so‘nggi reytingga ko‘ra 1 pog‘ona yuqorilab, 1543 ochko bilan 41-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Fk navbahor
28/12/2020 18:06
Мтж яхши уринда экан айоларимиз