"Feyenoord" van Persi uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etadi

  • 9 mart, 2019, 19:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Feyenoord" klubi hujumchisi Robin van Persi mavsum so‘nggida faoliyatini yakunlash fikridan qaytmayapti.

Tecno

“Men mavsum so‘nggida faoliyatimni yakunlash haqidagi fikrlimni o‘zgartirmadim. Jamoamizda o‘ynashga loyiq ko‘plab yosh futbolchilar bor. “Feyenoord” men uchun xayrlashuv uchrashuvini tashkil etib berishni taklif qildi. Ular bu o‘yinni men qachon xohlasam shunda o‘tkazishga tayyor. Bu klub rahbariyatining menga bildirgan yuksak e’tiboridir”, - deydi van Persi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli hujumchi bu mavsum Gollandiya chempionatida hozircha 14ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!