
Fernandes Dibalani "Chelsi"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
"Chelsi" murabbiyi Moruisio Pochettino rahbariyatdan Paulo Dibala transferini so‘ragani haqda bir qator nashrlar xabar berdi.
London klubiga qishda kelib qo‘shilgan va asosiy yarim himoyachilar qatoriga kirgan Entso Fernandes Dibalaning ehtimoliy transferi haqda gapirdi.
"Men Pauloga "Chelsi"ga kelishini aytib xabar yubordim. Umid qilamanki, u bizga qo‘shialadi. Nima bo‘lishini ko‘ramiz...", - dedi 23 yoshli yarim himoyachi.
Dibalaning "Roma"da qolmoqchi ekanligi borasida ham mish-mishlar mavjud. Biroq u fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Fikrlar