
Fergyusondan keyin "Manchester Yunayted"ni boshqargan eng yaxshi murabbiylar reytingi e’lon qilindi
Nufuzli Goal portali ekspertlari ser Aleks Fergyusondan keyingi davrdagi «Manchester Yunayted» murabbiylari reytingini tuzib chiqdi. Eslatib o‘tamiz, shotlandiyayalik mutaxassis 2012/2013 yilgi mavsumdan yakunida futbolni tark etgan edi.
O‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida "qizil iblislar" biron marta ham Premer-liga chempionligini qo‘lga kirita olimadi. Shunga qaramasdan jamoani nisbatan yaxshi boshqargan mutaxassislar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Birinchi o‘rinda Ole-Gunnar Sulsher qayd etildi. Ikkinchi o‘rinda esa Joze Mourino joylashdi. Aynan portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “Manchester Yunayted” Liga kubogi va Evropa ligasida g‘olib chiqdi. Kuchli uchlikni “qizil iblislar”ning amaldagi bosh murabbiyi Erik ten Xag yakunlab berdi. Keyingi o‘rinlarda Lui van Gal, Ralf Rangnik va Devid Moyes qayd etildi.
«Manchester Yunayted» ayni damda APL turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar