
Fergyuson Ronaldu va Runi, Vidich va Ferdinand tortushividan xavotir olgan
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill "qizil iblislar"ning afsonaviy bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson undan jamoa sardorlik bog‘ichini olib boshqa futbolchiga berishda muammolarga duch kelgani haqida gapirib o‘tdi.
"Sardorlik bog‘icha menga berilganidan bir yil keyin jarohatlar sabab kam maydonga tushishni boshladim. O‘zimni ushbu ma’suliyatli vazifaga munosib deb hisoblamadim va bu haqida ser Aleksga aytdim. Biroq u menga bog‘ich o‘zimda qolishi va Giggz bilan navbati bilan sardor sifatida maydonga tushishimiz kerakligini tushuntirgan.
Chunki agar Ronalduga bog‘ich berilsa Runi, Vidichga berilsa Ferdinand bilan muammolar bo‘lishini aytgan. Shu orqali Fergyuson meni klubda etarli darajada loyiq bo‘lmagan vaqtda sardor sifatida qoldirdi va jamoadagi muhitni bir pallada ushlay oldi", - deydi Nevill.
Ma’lumot o‘rnida, Nevill 2005 yilda Roy Kindan sardorlik bog‘ichini qabul qilib olgan va uni 2010 yilda Nemanya Vidichga topshirgan.
Fikrlar