
Fergyuson “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy tanlab berdi
“Manchester Yunayted” tarixidagi eng zo‘r bosh murabbiy ser Aleks Fergyuson hozirgi jamoani boshqarishga munosib nomzod borligini aytdi.
Ma’lumki, ayni paytda “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten xag hisoblanadi. Biroq klub rahbariyati yangi ustoz qidirayotgani haqida ma’lumotlar ko‘p tarqatilmoqda.
Fergyusonning fikricha, klub xo‘jayinlari bosh murabbiylikni argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoga topshirishi kerak.
Bu mutaxassis ilgari “Tottenxem”ni boshqargan. Orada PSJda ishlab kelganidan keyin “Chelsi”ga taklif qilingan edi. Biroq “aristokratlar” mavsum oxirida uni ishdan oldin.
Ma’lum bo‘lishicha, Fergyuson “Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan ser Jim Retkliff bilan uchrashgan va jamoaga Pochettinoni taklif qilishni maslahat bergan.
Fikrlar