Ferdinand kimni tanlagan bo‘lardi? Vidich yoki van Deyk?

  • 23 mart, 2020, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Rio Ferdinand "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk va sobiq jamoadoshi Nemanya Vidichlarni o‘zaro taqqosladi.

Tecno

“Men van Deykning o‘yinlariga qoyil qolaman. Hozir u dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Lekin, himoya markazida o‘zimga sherik tanlashim kerak bo‘lsa, Vidichni tanlagan bo‘lardim. Biz u bilan juda ko‘p o‘yin o‘tkazdik va bir-birimizni so‘zsiz tushunadigan bo‘ldik. Men doim unga ishonishim mumkin edi”, - deydi Ferdinand.

Ma’lumot uchun, Vidich va Ferdinand 2006-2014 yillarda “Manchester Yunayted” safida birga to‘p surishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!