"Fenerbaxche" va "Siti" o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda

  • 31 avgust, 09:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Fenerbaxche"ning Ederson bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya klubi braziliyalik futbolchi uchun 12 million evro taklif qilgan, biroq bunday shartlar "shaharliklar"ga maqul kelmagan. Shunga qaramay, "Fenerbaxche" 32 yoshli darvozabon uchun kurashishda davom etmoqda. 

Muzokaralar hali ham olib borilmoqda. Yaqinda Edersonga asosiy da’vogar sifatida "Galatasaroy" ko‘rilayotgan edi. Endi esa mashhur darvozabon uchun raqobatda Istanbulning boshqa klubi etakchi hisoblanmoqda.

Edersonning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yilning yarmida tugaydi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 20 million evro deb belgilangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!