"Fenerbaxche" Joze Mourinoni iste’foga chiqardi

  • 29 avgust, 12:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" Joze Mourinoni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

"Professional futbol jamoamizning 2024-2025 yilgi mavsumidan beri bosh murabbiylik vazifasini bajarib kelgan Joze Mourino bilan yo‘llarimiz ajraldi. Unga shu kungacha jamoamiz uchun qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Mourino 2024 yilning iyul oyida Turkiya klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Mutaxassis qo‘l ostida jamoa 62 ta bahs o‘tkazgan (37 g‘alaba, 14 durang va 11 ta mag‘lubiyat) 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!