Felish qaysi jamoaga o‘tishi oydinlashib bormoqda
Jaou Felish “Atletiko”ni tark etishi mumkin. Uning kelajagi JCh-2022’dan keyin hal bo‘lishi mumkin. Angliyaning bir qator klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Kurashga “Chelsi” ham qo‘shilgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lmoqda.
Insayder Din Jonsning ta’kidlashicha, Felish Angliyada o‘zini sinab ko‘rishni istaydi. Keyingi manzil “Chelsi” bo‘lishi ham mumkin.
Felish klubda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga qaramay, Portugaliyaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib bormoqda. U mundialda bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Terma jamoani nimchorak finalda Shveytsariyaga qarshi o‘yin kutmoqda.



Fikrlar