
Felish nega debyut o‘yinidayoq zaxiraga olindi?
"Atletiko" Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone kecha La Liganing ilk turida "Xetafe"ga qarshi o‘yinda jamoaning yangi a’zosi Joau Felish nega zaxiraga olinganini tushuntirdi.
Argentinalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra 19 yoshli portugaliyalik futblchi o‘yin davomida mushaklarida og‘riq his qila boshlagan. Shu bois ular Felishni zaxiraga olishga majbur bo‘lishgan.
U 66-daqiqada maydonni tark etdi. Uning o‘rniga esa Markos Lorente uchrashuvni davom ettirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” Felishni joriy yoz “Benfika”dan 126 mln evroga sotib oldi. Shu tariqa u Portugaliya tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.
Fikrlar