
Felish "Atletiko"ga mos emas. Unga mos keladigan jamoa qaysi?
Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Joau Mariu “Atletiko”dagi hamyurti Joau Felish “matraschilar”ning o‘yin uslubiga mos kelmasligini aytdi.
“Atletiko” - juda mehnatkash jamoa. Xuddi Italiya jamoasi Ispaniyada o‘ynayotgandek. Felishning yuqori narxini inobatga olganda, uning “Atletiko”ga moslashib ketishi qiyin.
“Barselona”da bosim bundanda kuchliroq bo‘lishi mumkin edi, ammo man shu jamoa unga ko‘proq mos keladi”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
20 yoshli Felish “Atletiko” safiga 2019 yil “Benfika”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar