Felish APL grandiga o‘tishi kutilmoqda

  • 6 yanvar, 2023, 16:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Joau Felish faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Devid Ornshteynning ma’lum qilishicha, u "Arsenal"ga o‘tishi mumkin. Londonliklar "Atletiko"ning moliyaviy talablarini qondira olsa, transfer amalga oshishi ehtimoli yuqori. Futbolchining o‘zi Madriddan ketmoqchi.

"Kanonirlar" Joauni ijaraga olishni maqsad qilgan. Boisi, jamoaning asosiy hujumchisi Gabriel Jezus ayni paytda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan.

23 yoshli Felish joriy mavsum klub libosida 19 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!