
Feliks "Benfika"ga qaytadimi? Portugal klubi bosh murabbiyi javob berdi
Rojer Shmidtning fikricha, Joau Feliks “Benfika”ga qaytmaydi.
Xabar qilinishicha, Feliks munosabatlari keskinlashgani uchun "Atletiko"ni tark etish niyatida. 2019 yilda Joauni 120 million evroga Madrid klubiga sotgan "Benfika" uni shu yozgi transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olish niyatida edi.
“Biz uni 120 million evroga sotdik va ikki-uch yildan keyin qaytarib olmoqchimiz. Bu qanday bo‘lishi mumkin? Iqtisodiy jihatdan bu deyarli mumkin emas.
U ajoyib o‘yinchi, ehtimol uning evolyutsiyasi hamma kutgandek bo‘lmagan. Muammo nimada ekanligini bilmayman, lekin hozir bu savol men uchun emas”, - dedi “Benfika” bosh murabbiyi.
Fikrlar