
Feliks APLda qolishi mumkin, faqat...
"Manchester Yunayted" portugaliyalik hujumchi Joau Feliksga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Goal nashrining xabar berishicha, mankunianliklar allaqachon yarim himoyachining atrofidagilar bilan aloqaga qiqishgan, ammo hozircha "Atletiko"ning o‘ziga rasmiy taklif bilan chiqishmagan. Madrid klubi mavsumoldi yig‘in boshlanguniga qadar Feliksni boshqa jamoaga yubormoqchi bo‘lgan, ammo ulgurmagani bois, hozir u akademiya futbolchilari bilan shug‘ullanmoqda.
Feliksga "Nyukasl" va "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda, biroq Joauning o‘zi Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tmoqchi. 23 yoshli futbolchiga e’tibor qaratayotgan yana bir klub esa PSJ.
Eslatib o‘tamiz, Feliks o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Chelsi" safida ijarada o‘tkazgan.
Fikrlar