Fekirga La Liga klubi qiziqib qoldi

  • 13 iyul, 2019, 11:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Frantsiya terma jaomasi a’zosiga "Betis" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Sevilyaliklar uni "Tottenxem"ga o‘tishi kutilayotgan Jovanni Lo Chelsoga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Frantsuz klubi esa  Fekirning transferini 60 mln evroga baholamoqda. Biroq, uning “Lion” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olganda, ushbu narx pasayishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Fekir o‘tgan mavsum “Lion” safida 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!