Fekir uchun La Liga grandlari kurash boshladi

  • 15 iyul, 2019, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekir La Liganing 2 grandi qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda 25 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun "Sevilya" hamda "Valensiya" o‘zaro kurash boshladi. Ushbu transfer esa 30 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fekirga "Betis" va "Arsenal" klublaridan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Fekir o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!